Giyohvandlik va giyohvand moddalar bilan savdo qilishga qarshi xalqaro kurash kuniga bag`ishlanib davra suhbatlari o`tkazildi.
2010 yil 1 mart kuni barcha fakul`tetlarda «1 mart giyohvandlik va giyohvand moddalar bilan savdo qilishga qarshi xalqaro kurash kuni»ga bag`ishlanib «Ibn Sino salomatlik maskani» xodimlari ishtirokida davra suhbatlari o`tkazildi.
Suhbatda institut talabalariga narkotik moddalarning inson salomatligiga va hayotiga xavfli oqibatlarga olib kelishi haqida axborotlar berildi. Suhbatdan so`ng o`zbek kinomatografistlar tarafidan yaratilgan giyohvandlik oqibatlari natijasida unga tobe bo`lib qolish va og`ir oqibatlari haqida hikoya qiluvchi hujjatli fil`m namoyish etildi.