
«Ma`naviyat kuni» o`tkazildi
2010 yil 24 fevral` kuni institutda «Ma`naviyat kuni» o`tkazilib, unda institut majlislar zalida va fakul`tetlerda talabalarga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 29 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yilning yakunlari va 2010 yilni O`zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng asosiy yo`nalishlariga bag`ishlangan majlisidagi «Asosiy vazifamiz-Vatanimiz rivojlanishin va xalqimiz obodonligini yanada yuksaltirish» mavzuidagi ma`ruzasi yozib olingan videokassetasi namoyish etildi va Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi hamda iqtisodiyot va ijtimoiy menedjment kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Talabalar o`rtasida sportning futbol, kichik futbol, basketbol, kurash, voleybol turlaridan fakul`tet birinchiliklari, «Zakovat» intellektual o`yini, Nukus shahridagi S.Xo`janiyozov nomidagi Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatriga shou-kontsertga borishlari, diniy ekstremizm va terrorizm, huquqbuzarlik va jinoyatchilik, odam savdosi, narkomaniya va OITSga qarshi kurashish bo`yicha fakul`tetlarda mutaxassislar bilan uchrashuvlari tashkil etildi.