Universiada 2010 – arafasida

2010 yilning may oyida Andijon shahrida o`tkazilishi ko`zda tutilgan Universiada 2010 - ga tayyorgarlik maqsadida 19 fevralda Qoraqalpog`iston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida musobaqaga tayyorlanayotgan NDPI talabalari sport forumida ishtirok etish maqsadida ruxsatnoma olish uchun kompleksli tibbiy ko`rikdan o`tishdi. NDPI dan Universiada potentsial ishtirokchilari qatorida – jismoniy tarbiya, fizika-matematika, o`zbek filologiyasi va boshqa fakul`tetlar talabalari bor. Yuqorida ko`rsatilgan sport tadbirlariga samarali tayyorgarlik ko`rish maqsadida Nukus davlat pedinstitutining voleybolchi qizlar jamoasi joriy yilning 28 fevralidan 4 martigacha “Talaba” sport jamiyati Respublika birinchiligida, 5 martdan 11 martgacha – qizlar o`rtasida O`zbekiston Respublikasi Milliy Chempionatining oliy ligasida ishtirok etadilar. Joriy yilning 23 fevralidan 3 martigacha dzyu-do bo`yicha NDPI ning saylanma jamoasi Urganch shahrida o`quv-mashg`ulot tayyorgarliklarini olib borishadi, 4 martdan boshlab Chirchiq shahrida o`tkaziladigan O`zbekiston Respublikasi Chempionatida ishtirok etadilar. Shuningdek institut gandbolchilarining 2010 yilning 9 martidan 15 martigacha “Talaba” talabalar sport jamoasining respublika birinchiligida ishtiroki rejalashtirilmoqda.

Prezident dokladlari

1. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir

o'qish...>>


2. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir

 

o'qish...>>

 

Ajiniyoz haqida

E'lonlar