
2010 yil 4 mart kuni institut sport zalida professor-o`kituvchi xotin-qizlar o`rtasida sportning voleybol turidan musobaqa tashkil etildi. Bunga barcha fakul`tet ayol professor-o`qituvchilar etishdi. Musobaqalar yakuniga ko`ra birinchi o`rinni yaxshi tayyorlangan chet tillari fakul`teti, ikkinchi o`rinni qoraqalpoq tili va adabiyoti fakul`teti va faxrli uchinchi o`rinlarni maktabgacha ta`lim fakul`teti ayollar komandasi engib olishdi.
Qoraqalpoq tili va adabiyoti fakul`teti dotsenti G.Patullaeva «Eng yaxshi o`yinchi» dep topildi.
G`oliblarga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg`alar topshirildi.