
2010 yil 5 mart kuni institutda «8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni» bayrami munosabati tantanali majlis o`tkazildi. Ushbu bayram institut kasaba uyushmasi tarafidan tashkil qilindi. Unga institutda faoliyat oilb borgan va hozirda fariy nafaqada bo`lgan ayol professor-o`qituvchilar chaqirildi. Tantanali majlisni institut rektori M.K.Berdimuratov ochib, institutning barcha xotin-qizlarini -8 mart halqaro xotin qizlar bayrami bilan samimiy tabrikladi. Ularga hayotida omadlar, oilasida tinchlik va xotirjamlik, o`qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Ushbu tabriklarga akademik J.Bazarbaev, prorekto M.Abdullaev va boshqa shaxslar tabrikladi. Ushbu kuni pedagogik va ilmiy ishlarda yutuqlarga erishgan institut xotin-qizlariga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg`alar bilan rag`batlantirildi. Dasturning rasmiy qismidan so`ng kontsert dasturi va dasturxon yozildi.