e-academy.uz

Харакатлар стратегиясидан тест

Қонунчилик базаси

Халкаро лойихалар

Korrupsiya- Xalqaro miqyosdagi jinoyat

Farmonov Daston va Sarsenbayev Nursultan

Tarix-geografiya fakulteti 3B-kurs talabalari

Korrupsiya keng ma’noda mansabdor shaxslarning shaxsiy vaguruhiy manfaatlari yo‘lida o‘zmansab vakolatlari vamavqeilarini suiste’mol qilishida ifodalangan qilmishlardir. Korrupsiyaning sog‘lom ijtimoiy munosabatlarga tahdidi to‘g‘risida XXasrning so‘nggi choragida avvalo milliy darajada, so‘ngra esa xalqaro miqyosda ko‘proq gapira boshlandi. Uni nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy, psixologik vasiyosiy tushuncha sifatida o‘rganila boshlandi.

Korrupsiyaviy qilmishlar— ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy vasiyosiy omillar ta’sirida vujudga keluvchi varivojlanuvchi o‘zining psixologik asoslariga ega bo‘lgan salbiy ijtimoiy fenomen.

O‘tgan asrning ikkinchi yarmida xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy taraqqiyotga intilishda aks etgan tarixiy jarayonlar shundan dalolat beradiki, mamlakatlarda amalga oshirilgan islohotlarning samaradorligi avvalo, hokimiyat tepasiga kelgan kuchlarning maqsadlariga, demokratik talablarga rioya etishiga, boshqarishning maqbul yo‘llarini tanlagan holda, korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bora olganligiga bog‘liq bo‘lgan. Bularning biror birida ijobiylik bo‘lmagan taqdirda, buholat davlatlarning ijtimoiy taraqqiyot sari islohotlariga ham salbiy ta’sir etgan.

Transparency International (TI) xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan 1995 yildan buyon amalga oshirilib borayotgan davlatlarning korrupsiyalashganligi to‘g‘risidagi tadqiqotlar, so‘rovlarda aniqlangan davlatlarning korrupsiyalashganligi darajasi bo‘yicha reyting ko‘rsatkichlari shundan dalolat beradiki korrupsiyalashmaganligi jihatdan ilgari o‘rinda turgan davlatlar asosan rivojlangan, demokratik davlatlar sanaladi. Korrupsiyalashganligi jihatdan yuqori o‘rinlarda turgan davlatlar esa asosan sobiq sotsialistik mamlakatlar vadavlat boshqaruvida nodemokratik yo‘ldan borayotgan davlatlar bo‘lib, bularga Afrika vaOsiyoning boshqaruvda diktatura, avtoritar rejim o‘rnatilgan davlatlari Gonduras, Kamerun, Nigeriya, Keniya, Tanzaniya, Paragvay, Uganda vaMDHning ayrim davlatlari kiradi.

Korrupsiya ayrim davlatlarning qoloqlikda qolib ketishiga sabab bo‘lishi bilan birga, xalqaro munosabatlarga ham o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmoqda.

Uning ijtimoiy xavfliligi, har qanday munosabatga buzg‘unchilik ta’siri xalqaro tashkilotlar faoliyatida ham kuzatiladi.

Korrupsiyaning nafaqat milliy jinoyatchilik balki transmilliy jinoyatchilik jinoyat ekanligi to‘g‘risidagi fikrlar o‘tgan asrning 80 yillaridan boshlab aytila boshlangan edi. 1998–1999 yillarda Yevropa komissiyasidagi bir qator shaxslarning o‘zmansab mavqeini suiiste’mol qilish, moliyaviy nayranglarda ayblanishi xalqaro jamoatchilikni korrupsiyadan yanada hushyorroq bo‘lishga undadi. 90 yillarda korrupsiyaviy qilmishlar xalqaro sport tashkilotlari faoliyatida ham yuz bergani ko‘pchilikka ma’lum bo‘lsa kerak.

Keyingi o‘nyillikda qator xalqaro takshilotlar korrupsiyaga qarshi kurashda tashabbuskorlik ko‘rsatib, xalqaro hamjamiyatni buillatni oldini olishda hamkorlikka da’vat etib kelmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashga o‘zlarining faoliyatida alohida e’tibor berib kelayotgan quyidagi xalqaro tashkilotlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: BMT, Yevropa Ittifoqi, Jahon banki, Transperensi Interneyshnl xalqaro nohukumat tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik vataraqqiyot tashkiloti, Amerika Davlatlari tashkiloti, Afrika Ittifoqi, Arab davlatlari Ligasi, Butunjahon bojxona tashkiloti singari xalqaro tashkilotlar. Ushbu tashkilotlar tomonidan korrupsiyani oldini olish, unga qarshi kurashda hamkorlik qilish vaboshqa davlatlarni, xalqaro biznes tashkilotlarini busalbiy fenomenga qarshi kurashga jalb qilishga qaratilgan qator xalqaro hujjatlar qabul qilingan.

Korrupsiyaga qarshi kurashda xalqaro miqyosda qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurash vadavlat xizmati sifatini ko‘tarish vadavlat xizmatchilarining fuqarolar oldida mas’uliyatini oshirish vaaxloqiy jihatdan ko‘tarishga qaratilgan xalqaro hujjatlarga qo‘shilish, ularga amal qilish har qanday davlat uchun muhim ahamiyatga ega. Hozirgi paytda BMT darajasida qabul qilingan yuqoridagi mazmundagi bir qator hujjatlar mavjud.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti korrupsiyaning mamlakatlarning milliy taraqqiyoti vabarqarorligiga jiddiy xavf solishi mumkinligini hisobga olib vauning nafaqat milliy balki xalqaro hamjamiyatni tobora xavotirga solib borayotgan xalqaro illat deb e’tirof etuvchi qator hujjatlarni qabul qilgan. BMT doirasida Global korrupsiyaga qarshi kurash dasturi e’lon qilingan. Ushbu dastur milliy korrupsiyaga qarshi kurash dasturlarini amalga oshirishga yordam berish vamamlakatlarda korrupsiya tavakkalchiligini ko‘tarish, davlat xizmatchilarida sotilmaslik psixologiyasini shakllantirish, qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan. Dasturda davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar sotib olishda vaxalqaro iqtisodiy bitimlarda ochiqlik vahisobdorlik bo‘lishiga katta e’tibor berilgan. 1990 yilda BMT maxsus «Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiya» deb nomlangan rezolyutsiyasini qabul qilgan. 1996 yildagi «Korrupsiyaga qarshi kurash» rezolyutsiyasida davlatlarni korrupsiyaning xalqaro aloqalarga bog‘liq bo‘lgan jihatlariga, ayniqsa korporativ tashkilotlarning xalqaro iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ro‘yberadigan noqonuniy bitimlarni jiddiy o‘rganib ko‘rishga chaqirgan. Buto‘g‘risida BMTning «Xalqaro savdo operatsiyalarida korrupsiya vaporaxo‘rlikka qarshi kurash to‘g‘risida"giDeklaratsiyasi ham mavjud. BMT doirasida qabul qilingan 1996 yildagi rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan Davlat mansabdor shaxslari axloqining xalqaro kodeksida davlat mansbdor shaxslari faoliyatining prinsiplari belgilab berilgan edi.

BMTning yuqorida qayd etilgan hujjatlarida korrupsiyaning xalqaro xarakteri vaunga qarshi kurashning vositalari vametodlari haqida tavsiyaviy qoidalar o‘zaksini topgan. BMT tomonidan 2000 yilda qabul qilingan Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash Konvensiyasida korrupsiyaning tranmilliy xarakterdagi jinoyat ekanligi vaunga qarshi kurashda Konvensiyaga qo‘shilgan mamlakatlarning majburiyatlari vakorrupsiyaga qarshi kurashning keng qamrovli choralari o‘zaksini topgan.

BMT tomonidan qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashga yo‘naltirilgan hujjatlar ichida 2003 yil dekabr oyida qabul qilingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi Konvetsiyasi muhim o‘rin tutadi. Mazkur hujjatni korrupsiyani qarshi kurashga qaratilgan xalqaro huquqning universal kodifikatsiyalashgan akti sifatida baholash mumkin. Konvensiyada korrupsiyaning milliy taraqqiyot vaxalqaro munosabatlar barqarorligiga tahdid vademokratik institutlar vaqadriyatlarni qo‘poruvchi illat sifatida baho berilgan. Konvensiyaning korrupsiyaga qarshi kurash choralari deb nomlangan bobida korrupsiyaning oldini olish vaunga qarshi kurashdagi siyosat vaamaliyot masalalarida davlatlarning yondoshuvi, korrupsiya vujudga kelishi mumkin bo‘lgan sohalarda davlat ko‘rishi lozim bo‘lgan choralar, bunda davlat organlarining vazifalari vaular faoliyatining tashkil etilishi to‘g‘risidagi normalar mavjud.

Dunyoda tobora katta nufuzga ega bo‘lib borayotgan Yevropa Ittifoqi tashkiloti ham bir necha yildirki korrupsiyaga faol qarshi chiqish bilan birga, buborada halqaro hamkorlikni mustahkamlashga ham harakat qilmoqda. Uerishgan muhim yutuqlardan biri uning doirasida 1999 yilda Korrupsiyaga qarshi jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi vaKorrupsiya uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Konvensiyalar qabul qilindi. Buxalqaro hujjatlardan tashqari ushbu tashkilot doirasida ham qator amaliy chora-tadbirlarni ham amalga oshirmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashda nohukumat xalqaro tashkilotlar ichida Transperensi Interneyshnl (Transparency International) mamlakatlar vaxalqaro tashkilotlar faoliyatida buillatga qarshi kurash borasida qator tashkiliy ishlar amalga oshirib kelmoqda. Tashkilot 1993 yilda tashkil etilgan bo‘lib, shtab-kvartirasi Berlinda joylashgan. Tashkilotning asoschisi varaisi sobiq Jahon banki rahbariyatda faoliyat ko‘rsatgan Peter Aygen hisoblanadi. Peter Aygenning ilgari bunday yirik moliyaviy tashkilotda faoliyat yuritgani Transperensi Interneyshnlning dunyodagi mamlakatlarning korrupsiyalashganligi darajasini aniqlashda vakorrupsiya fenomeniga qarshi chiqishiga o‘ziga xos turtki bo‘lgan deyish mumkin. Transperensi Interneyshnl tashkiloti ko‘pchilik tadqiqotchilar vaxalqaro tashkilotlar rahbarlarining fikricha korrupsiya sohasida ancha obro‘liekspert takshilot sanaladi. Tashkilot bir necha yildirki dunyodagi mamlakatlarning korrupsiyalashganligini monitoring qilib boradi. Monitoring natijalariga ko‘raTransperensi Interneyshnl har yili korrupsiya indeksi deb nomlangan mamlakatlarning korrupsiyalashganligi darajasini aks ettiruvchi o‘ziga xos reytingni nashr etadi. Bundan tashqari Transperensi Interneyshnl korrupsiyaga qarshi kurash jabhasidagi ilg‘ortajribalarni keng yoyish bilan ham shug‘ullanadi. Ko‘pchilik ekspertlarning tan olishicha, ushbu tashkilot tomonidan e’lon qilinayotgan korrupsiya indeksi uyoki bujamiyatning qanchalik «ifloslanganligini» aks ettiradi. Tashkilot biror bir mamlakatning korrupsiya indeksini aniqlash uchun, avvalo mamlakatdagi korrupsiyalashganlik haqida keng vaishonchli ma’lumotlar to‘playdi. Ma’lumotlar bir necha manbalardan olingandan so‘ngular tahlil etiladi.

Jahon bankini dunyoda mamlakatlarning korrupsiyalashishiga qarshi yirik moliyaviy tashkilot sifatida baholash mumkin. Jahon banki mamlakatlar bilan aloqalarida ularning korrupsiyalashmaganligiga jiddiy e’tibor beradi. Unga kredit olish uchun murojaat etgan davlatlar korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borayotgan bo‘lsalar vaolingan kredit pullarini maqsadga muvofiq ravishda ishlatish, mansabdor shaxslarning o‘zmanfaatlari yo‘lida ishlatmasligiga kafolat bera olsalar vabunga bankni ishontira olsalargina kredit olishga erishadi. Shu bilan birga, Jahon banki bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar hukumatlarining korrupsiyaga qarshi kurash dasturlari ishlab chiqishiga vabuborada olib borayotgan siyosatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga moliyaviy yordam bermoqda. Hozirgacha ko‘pchilik rivojlanayotgan davlatlar, xususan sobiq sotsialistik tuzum ostida bo‘lgan mamlakatlarda Jahon banki ko‘magi ostida korrupsiyaga qarshi kurash dasturlari amalga oshirilmoqda.

Jahon banki rahbariyati tomonidan iqtisodiyoti o‘tish davridagi mamlakatlar uchun kompleks taraqqiyot Konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning maqsadlaridan biri sifatida korrupsiyaga qarshi shafqatsiz kurash belgilangan edi. Kompleks taraqqiyot Konsepsiyasining maqsadlari quyidagilardir: a) mansabdor shaxslari tegishli tayyorgarlikka ega vayetarli darajada ish haqi oluvchi, yaxshi tashkil etilgan vatuzilgan Hukumat; b) aniq qonunchilik vahamma uchun tushunarli bo‘lgan tartibga soluvchi tizim; v) korrupsiyaga qarshi shafqatsiz kurash; g) samarali huquqiy vasud tizimi; d) to‘g‘ritashkil etilgan vatartibga solib turiladigan moliyaviy tizim, shuningdek ye) umummaqbul ijtimoiy ta’minot tizimi. (Jeyms Vulfenson «Transformatsiya» Iyun 1999, №3).

Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqoridagi tashkilotlar vaboshqa ko‘pgina xalqaro nohukumat tashkilotlar ham korrupsiyaning salbiy oqibatlari to‘g‘risida tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar. Xalqaro tashkilotlar ko‘magida MDH davlatlaridan Rossiya, Ozarbayjon, Gruziya vaArmaniston davlatlarida korrupsiya qarshi yo‘naltirilgan turli loyihalar, dasturlar ishlab chiqilib amaliyotda qo‘llanilayapti.

Umuminsoniy illat hisoblangan korrupsiya milliy xavfsizlik doirasidan chiqib global xavfsizlikka ham o‘ztahdidini namoyon etayotgan hozirgi tarixiy davrda unga qarshi kurashishga xalqaro tashkilotlarning kirishishi ham obyektiv zaruriyat ham globalizatsiyalashuv jarayonining o‘ziga xos ko‘rinishidir.

QABUL - 2018

НМПИ 2018-2019-оқыў жылы ушын ҚАБЫЛЛАЎ КОМИССИЯСЫНАН ТЕЗ МАҒЛЫЎМАТ АЛЫЎ ТЕЛЕФОНЛАРЫ 

(CALL  CENTER) 

(+99861) 229-40-93
(+99861) 229-41-03 
(+99861) 229-40-97

Абитуриентлер ҳужжетлерин қабыл етиў 15-июндан-15-июлге шекем
Тест сы наўлары   1-августтан 15-августка шекем
Биринши смена 08:00
Екинши смена 15:00




Кабыллау  бойынша веб-сайт


Корпоратив почта

"Edu.uz" rasmiy kanali

Электрон таълим