Эълонлар

Харакатлар стратегиясидан тест

Электрон кутубхона

Қонунчилик базаси

Халкаро лойихалар

Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?

Abdullaeva A`loxon - Nukus DPI

Tarix fakulteti 3-kurs talabasi

XX asr o xiri XXI asr boshlarida dunyoning ko`pchilik mamlakatlarida, xususan Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan davlatlar aholisida diniy faollik kuzatildi. Bunday jarayonlar biz uchun an`anaviy bo`lmagan diniy oqim va harakatlarning paydo bo`lishi bilan ham xarakterlanadi.

Din odatda jamiyat va inson hayotining bir qismi sifatida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy jarayonlarga o`z ta`sirini o`tkazishi tabiiy hol, albatta. Bu jarayon ayniqsa, jamiyatning bir ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tuzumdan , ikkinchisiga o`tayotganda ko`proq har xil ta`sirlarga uchrab, h ar xil ko`rinishlarda namoyon bo`ladi.

O`zbekiston ham islom dini an`anaviy ravishda tarqalgan bir davlat sifatida mustaqillik arafasida shunday davrni o`z boshidan kechirdi.

Islom dini odatda do`stlik, bag`rikenglik tamoyillari asosida o`ziga xos ravishda ma`naviy, axloqiy qonun-qoidalar asosida insonlar orasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Ammo, undan g`arazli maqsadda niqob sifatida foydalanilsa, yomon oqibatlarga olib kelishi muqarrar.

Xo`sh, diniy ekstremizm nima? Ekstremizm - lotincha – extremus-ya`ni o`ta bir yoqlama degan so`zdan kelib chiqqan bo`lib, muayyan siyosiy nuqtai nazarga o`ta bir yoqlama qarash oqibatidagi xatti-harakatlarni ifodalaydi. Ularning maqsadi islomiy davlat o`rnatishdan iborat.

Terrorizm esa, (lot-terror-qo`rquv, dahshat)-ma`lum yovuz ma q sadlar yo`lida kuch ishlatish , odamni jismoniy yo`q qilish g`oyasiga asoslangan zo`ravonlik usuli dir . U iqtisodiy-siyosiy, diniy, g`oyaviy, milliy, guruhiy, individual shakllarda namoyon bo`lishi mumkin.

O`zbekiston o`z davlat mustaqilligiga erishgandan keyin O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi, uning asosida qonunlar va boshqa huquqiy normalar qabul qilina boshlandi. Davlat va millatga tahdid va xavf-xatarlarni hamda ularga qarshi kurash yo`llarini belgilab berdi. Bu xavf-xatarlarning eng dahshatlisi terrorizm va diniy ekstremizm ekanligiga e`tibor qaratildi. Shuning uchun ham xalqaro terrorizmga qarshi kurash O`zbekiston Respublikasining milliy mustaqillik strategiyasining ustunlikka e g a yo`nalishi sifatida belgilandi. Uning huquqiy bazasi yaratildi. Taraqqiyotning “O`zbek modeli” tanlandi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimovning bir qator asarlarida xalqaro terrorizmning paydo bo`lishi, uning rivojlanishining qanday oqibatlarga olib kelishining masalalari ilmiy ta`riflab berildi, siyosiy va amaliy xulosalar chiqarildi. 1993-yil 28-sentabrda BMTning Bosh assambleyasining 48-sessiyasida butun dunyo jamoatchiligining diqqatini Afg`onistonda diniy ekstremizm va terrorizmning kuchayib borayotganligining butun dunyo uchun xavfli ekanligiga qaratdi.

Hozirgi kunda millatchilik, shovinizm, neofashizm, irqchilik, diniy ekstremizm kabi siyosiy kuchlar va oqimlar mavjud.

Diniy ekstremistik tashkilot va guruhlarning aniq maqsadi, vazifalari va usullari bo`lishi bilan birga, ularning umumiy strategik xususiyatlari, maqsadlari va o`xshashliklari ham mavjud. Ularning maqsadi- inson ongiga diniy fanatizmni-mutaassiblikni singdirish, insonni ichki yemirilishga olib keladigan holatni vujudga keltirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, urf-odat va milliy madaniyat, dinlararo hamda millatlararo munosabatlarni buzish, ochiq yoki yashirin holatda har xil siyosiy-ruhiy zulm o`tkazish, yolg`ondan «dunyoni qutqarish» g`oyasini insonlar ongiga singdirishdir.

Bu kabi buzg’unchi yot g’oyalardan yosh avlodni saqlash va saqlanish uchun eng avvalo mafkuramizni milliy ma’naviyatimiz bilan boyitib bormog’imiz lozim.

El-yurt tinchligi, baxtli kelajagimiz uchun ogoh va sergak bo`lishimiz diniy ekstremizm va terrorizmga yo`l qo`ymasligimiz zarur.