Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat
pedagogik institutida 1960 yili qurilgan talabalar yashashi uchun bitta binoga ega. Hukumatimiz ko`rsatmasiga binaon
2005 yil talabalar turar joyini kapital qayta ta`mirlash bo`yicha qaror qabul qilindi.
Vazirliklar va boshqarmalar, tashkilotlar va korxonalarning homiylik qilishi
tufayli talabalarning yashashi uchun qisqa
vaqt ichida yangi talablarga muvofiq kapital qayta ta`mirlandi va jihozlandi. Talabalar
yashash uyida yangi jihozlar bilan ta`mirlangan
«Ma`naviyat va ma`rifat» xonasi, sport xonasi, dam olish xonasi, komp`yuter
sinflari, ota-onalar xonasi, yuvinish xonasi, dazmollash xonasi, kir yuvish xonalari
faoliyat olib borishi zamonaviylashtirildi.
Homiylar talabalar yashash uyini zarur yumshoq
mebellar va jihozlar bilan ta`minlashga yordam berdilar. Har bir xonada
3 nafar talabadan yashaydi. Talabalar yashash
uyi 274 o`ringa mo`ljallangan. Talabalar uyida yangi o`z-o`zin boshqarish tizimi
amalga oshiriladi, uning mexanizmi sifatida Talabalar Kengashi tuzilgan. Talabalar
turar joyida institut axborot resurs markazi filiali, to`garak va klublar faoliyat
ko`rsatmoqda.