Maxsus sirtqi bo`lim
Fakul`tet tug`risida qisqacha ma`lumotlar
Fakultetning joylashish joyi- Nukus shaxri, Turtkul guzori 34-uy,
telefon: 2239736
Fakultetda ta`lim oluvchi talabalar soni – 1185
Fakultet buyicha byudjet asosida talim oluvchilar soni – 166
Fakultet buyicha shartnoma asosida talim oluvchilar soni – 1019
Fakultetdagi guruxlar soni – 44
Fakultet buyicha ug`il bolalar soni – 332
Fakultet buyicha qizlar soni – 853
Fakultetdagi talim yunalishlari va ularda talabalarning yunalishlari buyicha taqsimlanishi:
Boshlang`ish talim va sport tarbiyaviy ish – 419 Maktabgacha talim va bolalar sporti – 109
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat – 236
Tasviriy san`at va muxandislik grafika – 144
Me`xnat talimi – 120
Musiqa talimi – 73
MG`I; xuquq va ma`naviyat asoslari – 84
Talabalarning kurslar buyicha 2008-2009 uquv yilida taqsimlanishi:
I - kurs davlat granti asosida 55, shartnoma asosida 300, jami 355
II - kurs davlat granti asosida 55, shartnoma asosida 430, jami 485
III - kurs davlat granti asosida 56, shartnoma asosida 289, jami 345
Fakultetning yaratilishi va rivojlanish tarixi
2002-2003 o`quv yilidan boshlab Ajinyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika instituti tarkibida maxsus sirtqi bo`lim tashkil qilindi. Shu o`quv yilida maxsus sirtqi bulimda ikkita yunalish Boshlang`ich talim va tarbiyaviy ish va Maktabgacha tarbiya buyicha jami 93 nafar (39 grant, 54 shartnoma) talaba qabul qilindi. 2003-2004 o`quv yilidan 5 ta yunalish buyicha talabalar qabul qilinib, jami 219 nafar (50 grant, 169 shartnoma) talaba ta`lim oldi.
Fakultet tarkibiga 2004-2005 o`quv yilida yangi yo`nalish Musiqa ta`limi tashkil qilinib, bu yunalish buyicha 14 (5 grant, 9 kontrakt) nafar talaba qabul qilindi va 2004-2005 o`quv yilida fakultetda jami 6 ta yo`nalish buyicha jami 624 (132 grant, 492 kontrakt) nafar talaba ta`lim oldi. 2005-2006 o`quv yilida 408 nafar (48 grant, 360 shartnoma), 2006-2007 o`quv yilida «Milliy istiqlol g`oyasi; huquq va ma`naviyat asoslari» talim yunalishi ochilib, 7 ta talim yo`nalishiga 345 nafar (56 grant, 289 shartnoma), 2007-2008 o`quv yilida 485 nafar (56 grant, 429 shartnoma), 2008-2009 o`quv yilida esa 355 nafar (55 grant, 300 shartnoma) talaba qabul qilindi va talabalar soni 1185 nafarga etdi. Shundan 166 tasi grant, 1019 tasi shartnoma asosida.
Qoraqalpog`iston Respublikasi maktablarida, yoshlari 40 dan oshmagan 11700 dan ortiq o`rta maxsus pedagogik ma`lumotga ega o`qituvchilar ishlamoqdalar.
2005 yili 2 ta ta`lim yunalishi buyicha 86 nafar, 2006 yili 5 ta talim yo`nalishi buyicha 214 nafar, 2007 yili 6 ta talim yunalishi buyicha 317 nafar, 2008 yili esa 6 ta talim yo`nalishi bo`yicha 405 nafar talaba maxsus sirtqi bo`limni bitirdilar. Turt yilda 1022 talaba bitirib chiqqan, shundan 176 nafari grant asosida, 846 nafari esa shartnoma asosida.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirining 2006 yil 8 sentyabrdagi 276-sonli «Oliy o`quv yurtlarining maxsus sirtqi bo`limining «Axborot-resurs markazi»ni umumiy o`rta ta`lim beradigan maktablarda tashkil qilish to`g`risida»gi buyrug`i va Qoraqalpog`iston Respublikasi Ministrlar kengashining o`rta maxsus kasb-ta`lim boshqarmasi boshlig`ining 2006 yil 25 avgustdagi 190-sonli «Axborot-resurs markazi»ni kasb-hunar kollejlarida tashkil qilish haqida»gi buyrug`ini bajarish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasining barcha tumanlardagi 14 ta tayanch maktablarda va 8 ta kasb hunar kollejlarida, 1 ta akadem litseylarda axborot resurs markazlari tashkil qilindi. Ushbu 14 ta tayanch maktablari va 8 ta kasb-hunar kollejlari, 1 akadem litseylar bilan Nukus Davlat pedagogika institutining maxsus sirtqi bo`limi, o`quv ta`lim resurslarini joriy eti shva dasturiy ta`minlash bo`limi birgalikda ikki tomonloma shartnomalar tuzildi.
O`quv rejasidagi barcha fanlarning o`quv-uslubiy majmuasining elektron varianti tayyorlanib SDlarga yozilib tayanch maktablarida va kasb hunar kollejlarida tashkil etilgan «Axborot-resurs markaz»laridagi komp`yuterlarga o`tkazildi. Bulardan maxsus sirtqi bo`lim talabalari to`liq foydalanmoqda.
Maxsus sirtqi bo`lim talabalarining komp`yuter savodxonligini oshirish, internetdan foydalanish ko`nikmalarini oshirish bo`yicha qisqa muddatli kurslar tashkil qilingan va 2007 yilda 150 nafar, 2008 yili 350 nafar talaba kursdan o`tib sertifikat oldilar.
Maxsus sirtqi bo`limni 2007 yil yanvardan boshlab biologiya fanlari nomzodi, dotsent P.Xalmuratov boshqarib kelmoqda.
Prezident dokladlari
1. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik
jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir