Ovoz berish

Какие образовательные ресурсы являются для вас наиболее удобными при выполнении самостоятельной работы?

Qonunchilik bazasi

Me'yoriy hujjatlar


1. Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining ichki tartib qoidasi

Qoida O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikalari konstitutsiyalari, O`zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi, «Ta`lim to`g`risida»gi qonun talabalariga va institutning ustaviga asoslanib ishlab chiqildi.

Ichki tartibining maqsadi-mehnatni namunaviy asosda tashkillashtirish, ish vaqtidan unumli foydalanish, o`qish va ishning samaradorligiga erishishdan iborat.

Ushbu ichki tartib qoidalari bilan bog`liq masalalarni institut rektorati o`ziga berilgan huquq doirasida, ayrim masalalarni kasaba uyushmasi bilan birgalikda yoki kelishilgan holda echib boradi.

Ichki tartib qoidasi quyidagi bandlarni o`z ichiga oladi:

- umumiy qoidalar;

- xodim va ta`lim oluvchilarning huquq va majburiyatlari;

- o`quv va dam olish vaqtini tartibga solish talablari;

- intizomiy ta`sir choralari;

- talabalarni o`qish va ijtimoiy ishlardagi yutuqlari uchun taqdirlash;

- mehnat munosabatlari;

- mehnat intizomini ta`minlash va javobgarchilik;

- bino ichidagi tartib;

Institutning ichki intizom qoidasi institutning 20 11 yil 2 9 aprel` ( 7 bayonnoma) kungi Ilmiy Kengash majlisida tasdiqlandi.

 

2. Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga kelib tushgan hujjatlarning bajarilish tartibi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini amalga oshirilishini, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari haqida»gi qarori, Xalq ta`limi vazirligining 2011 yil 29 yanvardagi 2-s.x sonli Hay`at qarori asosida ishlab chiqilgan institut Reglamentida belgilangan tartib qoidalarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bunda institutga kelib tushgan barcha hujjatlarni qabul qilish va bajarish tartibi o`z ifodasini topgan.

     

3. Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida fuqarolarning yozma va og`zaki murojaatlari bilan ishlashish bo`yicha ko`rsatma

 

Ko`rsatma O`zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning murojaatlari» dagi Nizom, 1999 yil 12 yanvardagi «Ijro tartibini mustahkamlash haqida»gi 12-sonli, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 martdagi «O`zbekiston davlat hokimiyati boshqarish organlarida ish yuritishni nazorat qilishni tashkil qilish bo`yicha me`yoriy hujjatlarni tasdiqlash haqida»gi 140-sonli Qarorlari va Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2008 yil 30 aprel kungi «O`zbekiston Respublikasi OO`MTVda fuqarolarning yozma va og`zaki murojaatlari bilan ishlashish tartibi to`g`risida»gi Nizomni tasdiqlash haqidagi 115-sonli buyrug`i hamda Xalq ta`limi vazirligining 2011 yil 29 yanvar` kungi «Xalq ta`limi vazirligining yangi taxrirdagi Reglamentini tasdiqlash to`g`risida»gi 2-SX-sonli Hay`at qarorining 3-ilovasiga muvofiq ishlab chiqildi.

Ko`rsatma umumiy qoidalar, asosiy tushunchalar, fuqarolarni qabul qilish, fuqarolar murojaatlarini nazorat va tahlil qilish kabi bandlardan iborat.

Mazkur ko`rsatma 2011 yil 29 aprel` kungi institut Ilmiy Kengashida tasdiqlandi (Bayonnoma №7).  

 

4. Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining

Reglamenti

 

Institut Reglamenti rektorning 2011 yil 20 apreldagi 142D/1 sonli buyrug`i, 2011 yil 29 aprel` kungi institut Ilmiy kengashi   qarori bilan rahbarlikka olingan va so`zsiz ijrosini ta`minlash uchun tasdiqlangan (Bayonnoma №7).

Institut o`z faoliyatini O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikalari konstitutsiyalari va Qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa me`yoriy hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, farmoyishlari va ko`rsatmalariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Ministrlar Kengashining qarorlariga, «Ta`lim to`g`risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida»gi Nizomlarga qat`iy amal qiladi. Institut o`z faoliyatini rektorat boshqaruvi, bo`limlar, fakul`tetlar, kafedralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda olib boradi.

Reglament - ish yuritish va uning bajarilishini tashkil qilish bo`yicha yo`l-yo`riq bo`lib, institutning asosiy ishlariga masalalar kiritish tartibi: ilmiy kengashi tarkibi, kengashni chaqirish va o`tkazish; Ilmiy Kengash qarorlari, rektor buyruqlarini rasmiylashtirish, e`lon qilish va kuchga kiritish; institutda yuqori va boshqa tashkilotlardan kelgan hujjatlarni ko`rib chiqish tartibi; institut tomonidan nazorat ishlarining amalga oshirilishi; institut tarkibidagi doimiy komissiyalar, kengashlar va boshqa ishchi bo`limlar; institutda O`zbekiston Respublikasi farmonlari, farmoyishlari va ko`rsatmalari, Xalq ta`limi vazirligining hujjatlari bilan ish olib borishi tarkibi; kelib tushgan hujjatlarni rasmiylashtirish va bajarilishini ta`minlash bo`yicha qaror qabul qilish; Prezident farmonlari, farmoyishlari, topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Xalq ta`limi vazirligining buyruqlari asosida ishlab chiqilgan institutning buyruqlarini nazorat qilishni tashkil qilish va ijrosini ta`minlashni, xodimlar, professor-o`qituvchilar, talaba yoshlar va ularning ota-onalar va ularning yozma va og`zaki murojaatlarini o`rganish, ko`rib chiqish, unda ko`tarilgan masalalarini echish hamda fuqarolarni qabul qilish masalalarini o`z ichiga oladi.
Ma'lumotlar 21.10.2011 yil yangilandi

Prezident dokladlari

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT sammiti mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutqi (20.09.2010)

o'qish...>>


2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi (12.11.2010 )

  o'qish...>>


 

Ajiniyoz haqida

NDPI Pochtasi

Email:
Parol:
 

E'LON