Ovoz berish

Какие образовательные ресурсы являются для вас наиболее удобными при выполнении самостоятельной работы?

Qonunchilik bazasi

Ajiniyoz Qosiboy o`g`li


 
Ajiniyoz Qo`siboy o`g`li (adabiy taxallusi Zio`ar) 1824 yili Orol dengizining janubi sohilida – Mo`ynoq tumanidagi qoraqalpoqlarning ashamayli va qiyot urug`lari yashagan Amudaryo daryosi yonginasida joylashgan “Qamish bo`g`ot” ovulida dunyoga keldi. Ajiniyozning otasi Qo`siboy, uning akasi Baltabek, o`rtanchi akasi Aqjigitlar o`z zamonasining jasur va mard odamlari bo`lishgan. Uning onasi Nazira so`zga chechan va aqlli ayol bo`lgan.

Ajiniyoz yoshligidan bilim va ilmga qiziqishini namoyon qiladi. Dastlab u Xo`jamurod imom madrasasida, so`ngra, onasining vafotidan keyin, o`zining Elmurod tog`asinikida ta`lim oladi. Bo`lajak shoir – madrasadagi o`qishi bilan birga kitoblarni qayta yozish bilan ham shug`ullanadi va shu sababli mashhur bo`lib ketadi.

Ajiniyoz o`qishini Xivada davom ettiradi. Dastlab u Xorazmning ko`hna shahridagi, ungacha turkman mumtoz shoiri Maxtumquli ta`lim olgan Sherg`ozi madrasasiga, so`ngra Qutlimurod inoq madrasasiga boradi. Hozir shu madrasaning kiraverishida: «Bu erda 1840-1845 yillarda shoir Ajiniyoz Qosibay o`g`li o`qidi» degan yozuvni o`qish mumkin.

Qutlimurod inoq madrasasida ma`naviy fanlardan tashqari, Navoiy, Xofiziy, Sa`diy Fuzuliy kabi sharq mumtoz shoirlari ijodi ham o`rganiladi. Ajiniyoz ushbu e`tirof etilgan mualliflar ijodini keyinchalik qorakalpoq shoirining erkinfikrlovchi she`riyati katta qiziqish bilan qayta o`rganib chiqadi,

Qutlimurod inoq madrasasini tugatgandan so`ng jonajon ovuliga qaytadi, ammo sal o`tmay Qozog`istonga bir yilga jo`nab ketadi. Uyga qaytishi bilan ashamayli urug`idan bo`lgan Xamra ismli qizga uylanadi va keyinchalik esa ularda ham uch o`g`il va bir qiz tug`iladi. Shoirning avlodlari hozir Qo`ng`irot, Qonliko`l, Shumanoy tumanlarida va Nukus shahrida yashashadi.

Xorazm vohasida yashaydigan xalqlar tarixidagi yirik voqealardan biri sanalgan, 1858–1859 yillardagi Qo`ng`irot qo`zg`oloni Ajiniyozning she`riyatiga katta ta`sir ko`rsatadi. U kuchli vatanparvar va bilimli inson, ushbu voqeaga befarq bo`lolmadi va unda faol ishtirok etadi. Keyinchalik uni qo`zg`olon etakchisi ishtirokchi sifatida Xiva hukumati Turkmanistonga badarg`a qiladi. Shoir surgun paytida Maxtumkulining ko`p she`rlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qiladi.

Oradan uch yil o`tib Ajiniyoz ta`qibga uchraydigan vataniga qaytadi. So`ng u Yana Qozog`istonga jo`nab ketadi.Ajiniyozning 1864 yili Qozog`istonga qilgan uchinchi safari shoir hayotida ahamiyatli voqea yuz beradi: Ajiniyoz qozoq shoirasi Qiz Menesh bilan birga she`riy mahorat bo`yicha musobaqa aytishuvda ishtirok etadi. Aytishuv – o`sha paytlarda boshqa an`anaviy xalqlar janriga solishtirganda og`zaki she`riy ijodiyotda alohida mashhurlikka ega bo`lgan. 1878 yili hattoki u haqda “Toshkent viloyati” nomli Toshkent gazetasida maqola e`lon qilishadi.

Ajiniyozning aytishuv paytida yozgan qatorlaridan shoirning yoshi ma`lum bo`lib qoladi – o`sha paytda u qirq yoshda edi.

Ajiniyozning Qozog`istondagi safari uning shoirlik ijodining gullab-yashnashiga zamin yaratdi. U o`sha paytda o`zining mashhur “Xalqim bar”, “Bormikin?”, “Bor”, “O`xshash”, “Agar ayrilsa”, “Xayrlashuv” va b. kabi mashhur she`rlarining katta miqdorini yaratadi.

Ajiniyoz jonajaon o`lkasiga qaytib, “Bo`zatov”, ”Qamish bugat”, ” etim-o`zak ” ovullarida kambag`al oilalar bolalarini savodxonligini ochish uchun maktablar ochadi. Undan tashkari, umrining oxirigacha – 1874 yili u she`r yozishni davom ettiradi.

Ajiniyozning ijodini o`rganish 30 –yillardan boshlanadi. Birinchi tadkiqotchilar safiga filolog – olimlardan K.Ayimbetov, O.Kojurov va N.Davkaraevlarni kiritish mumkin. N.Davkaraevning “qoraqalpoq adabiyotining tarixi haqida ocherk” asarining asosiy mazmuni Ajiniyozning ijodiga bag`ishlangan. XX asrning 50 – yillari tadqiqotchilar K.Ayimbetov, I.Sagitov, K.Berdimuratov, S. Axmetov, B.Ismailov va boshqalar Ajiniyoz ijodining yangi qirralarini ochishga muvaffaq bo`lishdi.

Ajiniyozning asarlari 1949 yildan to 1975 yillar mobaynida qoraqalpoq va o`zbek tillarida, 1975 yildan boshlab esa – rus tilida chop etiladi.

Ajiniyozning ko`pgina noma`lum she`riy qo`lyozmalari XX asrning 60–yillarigacha tadqiqotchilarga shoir ijodining yangi ilmiy asarlar qatorini yaratish imkonini beradi.

Prezident dokladlari

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT sammiti mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutqi (20.09.2010)

o'qish...>>


2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi (12.11.2010 )

  o'qish...>>


 

Ajiniyoz haqida

NDPI Pochtasi

Email:
Parol:
 

E'LON