Institutda marketing
xizmati bo'limi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 28
yanvardagi "Ta'lim xizmatlari ko'rsatish bozorini shakllantirishni va
kadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish chora-tadbirlari
to'g'risida"gi 48-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Bo'lim hodimlari
o'z ish faoliyatini yuqorida qayd etilgan Qaror hamda O'zbekiston Respublikasi
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2007 yil 10 martdagi "Oliy
ta'lim muassasalarida marketing xizmati faoliyatini takomillashtirish,
bitiruvchilarni ishga taqsimlash jarayoni nazoratini kuchaytirish
chora-tadbirlari to'g'risida"gi 48-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan
Namunaviy nizom asosida ishlab chiqilgan va institut rektori tomonidan 2007 yil
3 aprelda tasdiqlangan "Marketing xizmati bo'limi to'g'risida Nizom",
O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo'yicha davlat
komissiyasi tomonidan 1999 yil 24 iyulda 3-son qarori bilan tasdiqlangan
"O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarida to'lov-kontrakt shakli va
tushgan mablag'larni taqsimlash tartibi to'g'risida"gi Nizom, shuningdek,
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi buyruqlari va ko'rsatmalari, institut
rektorining buyruqlari asosida olib bormoqda.
Marketing xizmati bo'limining asosiy funktsiyasi
korxona va tashkilotlarning hamda respublika fuqarolarining ta'lim xizmatlari
ko'rsatishga bo'lgan talablarini o'rganish va ular talabini to'la qondirishga
bevosita ishtirok etish, shuningdek, institut va korxonalar o'rtasida aloqani
rivojlantirish uchun amaliy tadbirlar ishlab chiqish.
Institutning marketing xizmati bo'limi maqsadi
ta'lim xizmatlari bozorida institut faoliyat ko'rsatishining aniq
strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat
yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha kadrlar tayyorlash va
ularni ishga taqsimlash jarayonini iste'molchilar (ish beruvchilar) tomonidan
bo'lg'usi mutaxassis shaxsiga qo'yilgan talablarni bajarishga yo'naltirish
hamda bu jarayonga rahbarlik qilish, reklama-axborotni rejalashtirish va uni
olg'a siljitish rag'batini ta'minlash, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va
joylashtirishni amalga oshirish hamda ta'lim xizmatlari ko'rsatishga o'z
vaqtida tayyorgarlik ko'rish, shartnomalar tuzishni tashkil qilish hamda
nazoratga olishdan iborat.
Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun bo'limda quyidagi asosiy vazifalar
belgilangan:
institutni
tamomlayotgan bitiruvchilarni ish bilan ta'minlanishiga ko'maklashish,
jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi
"2005/2006 o'quv yilida O'zbekiston Respublikasining oliy ta'lim
muassasalariga qabul to'g'risida"gi Qaroriga ko'ra institutni davlat
granti asosida tamomlayotgan bitiruvchilarni kamida uch yil ishlab berish
sharti bilan, ta'lim muassasalari, korxona va tashkilotlarga ishga
taqsimlash chora-tadbirlarini fakultet va kafedralar hamkorligida samarali
amalga oshirish;
respublikamizda
faoliyat yuritayotgan ta’lim muassaslarning pedagog kadrlarga bo'lgan
joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini o'rganish hamda shu asosida institutda
tayyorlanayotgan mutaxassislarga bo'lgan "buyurtmalar
portfeli"ni doimiy kengaytirish va yangilash;
institut
bilan korxona va tashkilotlar o'rtasida kadrlar tayyorlash sohasidagi
aloqalarni rivojlantirish uchun amaliy tadbirlar ishlab chiqish;
institutda
to'lov-kontrakt asosida ta'lim olayotgan talabalarning to'lov-kontrakt
shartlarini to'lig'icha bajarishlarini hamda shartnomalar
rasmiylashtirilishini yuridik jihatdan talabga javob berishini ta'minlash;
ta'lim
sohasida marketing xizmatini amalga oshirishda mavjud muammolarni aniqlash
va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va sh.k.
Bitiruvchilarni
ishga joylashtirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar va
erishilgan yutuqlar:
Marketing
xizmati bo'limi tomonidan institut bitiruvchilarini ish bilan
ta'minlanishiga ko'maklashish maqsadida keng qamrovli ishlar amalga
oshirilmoqda, jumladan, birgina 2008-2009 o'quv yilida davomida amalga
oshirilgan quyidagi tadbirlarni qayd qilish mumkin:
bitiruvchilarni
ishga joylashtirish borasidagi faoliyatini samarali amalga oshirish
maqsadida bo'lim tomonidan rejadagi har bir tadbirni o'z vaqtida to'liq va
sifatli bajarishga mas'ul bo'lgan xodimlar lavozimi, familiyasi,
ismi-sharifi ko'rsatilgan holda "Bitiruvchilarni ishga taqsimlash
jarayoni hamda yosh mutaxassislar mehnat faoliyati Nazorat rejasi"
ishlab chiqildi va uning ijrosi ta'minlanmoqda;
"Kadrlarni
davlat granti asosida maqsadli tayyorlash tartibi to'g'risidagi
Nizom" bo'yicha bitiruvchilar o'z majburiyatlari va huquqlarini
bilishi hamda ularning mas'uliyatini oshirish maqsadida bo'lim tomonidan
Davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalarga bu borada keng qamrovli
tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, fakultet dekanatlari
hamkorligida har bir akadem guruhda mazkur masala yuzasidan davra
suhbatlari tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda bitiruvchi-talabalar o'zlarini
qiziqtirgan savollariga javob oldilar;
joriy o'quv yili
bitiruvchilarining soni va xududiy tarkibini o'rganish hamda ularni ishga tartibli
taqsimlash maqsadida bo'lim tomonidan bitiruvchilar to'g'risidagi
ma'lumotlar bazasi shakllantirilgan;