AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuniga bag‘ishlandi 

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakultetida institut xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi S.Bekchanova tashabbusi bilan 11-fevral – Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuniga bag‘ishlangan “Kitob – mo‘jizaga chorlaydi” mavzusida kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi S.Bekchanova ochib berdi va yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi.

Shundan so‘ng, O‘zbek adabiyoti kafedrasi qoshida tashkil qilingan “Nihol” ilmiy-adabiy to‘garagi a’zolari Pirimqul Qodirovning “Ona lochin vidosi” asarini o‘zbek tilida;

Qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi qoshida tashkil qilingan “Ziywar”  to‘garagi a’zolari  Gulaysha Esemuratovaning “Kempir apamning romani” asarini qoraqalpoq tilida;

Qozoq tili va adabiyoti kafedrasi qoshida tashkil etilgan “T.Aybergenov” nomidagi til va adabiyot  to‘garagi a’zolari Jusupbek Aymautovning “Aqbilek” asarini qozoq tilida;

Qozoq tili va adabiyoti kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Ýaş filologlar” to‘garak a’zolari Kerim Qurbonnafasovning “O‘ylanma Bayri” asarini turkman tilida taqdimot qildilar.

Taqdimot davomida to‘garak a’zolari tomonidan asarning mazmun-mohiyatini to‘liq aks ettiruvchi salydlar namoyish etildi, monologlar ijro qilindi va milliy urf-odatlar aks etgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

O‘tkazilgan tadbir va tayyorlangan taqdimotlar haqida Turkiy tillar fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N.Allambergenova hamda to‘garak rahbarlari T.Tortkulbayeva, X.Begjanovlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi H.Ibraymova hamda boqarmaning Nukus shahar bosh mutaxassisi Q.Nezametovlar ishtirok etdi.