Chet tillari fakultetida
2008-2009 o’quv yilida 588 talaba ta’lim olmoqda. Shu jumladan
234 talaba davlat granti asosida, 354 talaba tulovli shartnoma asosida taqsil
olmoqda. Fakultetda 92 ug’il bola, 496 qiz bola o’qimoqda. Fakultet talabalaridan
480 tasi Qoraqalpoq’iston Respublikasidan, 1tasi
Samarkand, 1tasi Qashqadariya va 14 tasi
Xorazm viloyatidan. Ushbu o’quv yilida fakultetning 1 kursiga 140 talaba qabul
qilindi. Shu jumladan 64 talaba davlat granti
asosida,
76 talaba tulovli shartnoma
asosida ta’lim
olmoqda.
2008-2009 o’quv yilida bitiruvchi
kurs talabalari soni – 138. Shu jumladan 51tasi
davlat granti asosida va 87 tasi tulovli shartnoma asosida. Chet tillari
fakultetida talabalarga 2008-2009 o’quv yilida
57 ta professor-o’qituvchilar faoliyat kursotmoqda. Ulardan professorlar
soni – 2,
dotsentlar – 8, katta
o’qituvchilar – 10, assistent o’qituvchilar – 37. Shu jumladan fakultetda 9 fan
nomzodi mavjud.
Fakultet 1937-yilda pedagogik
institut tarkibida rus tili va adabiyoti fakulteti bo’lib
tashkil etildi. Fakultet o’zining boy
tarixiga va dasturlariga ega. Bu fakultetni respublikamizga mashhur olimlar,
akademiklar M.Nurmuxamedov, U.Xamidov, O’zbekiston
va
Qoraqalpoq’iston
xalq yozuvchisi, O’zbekiston qahramoni T.Qayipbergenov,
A.Uteniyazov va bir qator davlat arboblari
bitirgan. Hozirgi kunda fakultetning rus filologiyasi, ingliz tili va chet
tillari kafedralarida
57
professor-o’qituvchilar mehnat qilmoqda va bu jamoa 588 talabaga bilim
bermoqda. Fakultet professor-o‘qituvchilari
o’z darslarida ilg’or pedagogik
texnologiyalaridan,
o’qitishning kommunikativ
va interaktiv usullaridan foydalanmoqda. Ular yangi pedagogik texnologiyalarni
o’zlashtirishda, ta’lim bo’yicha xalqaro aloqalarni rivojlantirishda oldingi
qatorda ko’rinmoqda. Fakultet
AQSh,
Rossiya, Frantsiya, Hindiston
va
boshqada davlatlarning xalqaro fondlari bilan ish olib bormoqda. 2008 yil
noyabr oyida fakultet dekani M.A.Abdullaev
TEMPUS dasturi g’olibi bo’lib Frantsiya
davlatida o’z malakasini oshirib keldi va ingliz tili kafedrasi
assistent o’qituvchisi S.Saparov Hindistondagi Xaydarobod Universitetida
til o’rganish bo’yicha o’qib keldi.
2008-2009 o’quv yilida fakultet
iqtidorli talabasi Ibadullaeva Sayora Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi bilan
tahsil olmoqda.
Fakultet o’qituvchilari tomonidan 30
dan ortiq monografiyalar va lug’atlar,
oliy o’quv yurtlari, kollej, litseylar va o’rta
maktablar uchun 20 dan ortiq darsliklar
va
o’quv-metodik qo’llanmalar nashr
etildi.
Fakultetda quyidagi bakalavr ta’lim
yo’nalishlaridan mutaxasislar tayyorlanadi:
5140100
– Ingliz tili va adabiyoti
5140200
– Rus tili va adabiyoti
Fakultetda hozirgi vaqtda jami bo’lib 3 kafedra bor va ularda 57
professor o’qituvchilar yoshlarga ta’lim-tarbiya bermoqdalar.
Ta’lim o’zbek, rus va qoraqalpoq
tillarida olib boriladi.
Fakultet dekani
Xamidov Nuraddin
Shamshetdinovich,
filologiya
fanlari nomzodi
Ilmiy ishlari: Nemes tili tarjimasi
Ish tel.: + (998-61) 223-48-40
E-mail:
K
AFEDRALAR

1. Ingliz tili
Mudiri: Qoyshekenova Tatyana, katta o'qituvchi
Ilmiy ishlari: Ingliz tili stilistikasi
Ish tel:
+ (998-61) 223-48-40
e
-mail: angl
kaf
@ndpi.uz

2. Rus filologiyasi
Mudiri: fil.f.n.,
dotsent
Orinbetova Nigora
Ilmiy ishlari: Rus tili
stilistikasi
Ish tel:
+ (998-61) 223-48-40
e
-mail: ruskafndpi.uz
3. Fakultetlararo chet tillar
Mudiri:
Berdimuratov Davletniyaz
Ilmiy ishlari: Qiyosiy tipologiya
Ish tel:
+ (998-61) 223-48-40
e
-mail: inyazkaf@ndpi.uz
