Ajiniyoz nomidagi NDPI Axborot-resurs markazi haqida ma`lumot
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil
20-iyundagi «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta`minlashni tashkil
etish to`g`risida»gi PQ 381-sonli qarori, Koraqalpog`iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining 2006-yil 10-iyul`dagi va Vazirlikning 2006-yil
23-iyundagi 135/1 son buyrig`i asosida institut kutubxonasi negizida
Axborot-resurs markazi tashkil qilindi
NukusDPI Axborot-resurs markazinining umumiy fondi 122313 donadan iborat
bo`lib, undan kitob o`quvchi va talabalar foydalanishi uchun barcha sharoitlar
yaratilgan.
Umumiy kitob fondi –
122313
Jumladan:
Darslik va o`quv qo`llanma – 38470
Badiiy adabiyot – 39329
Ilmiy adabiyot – 15789
Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar - 21587
Elektron adabiyot – 1725
Gazeta va jurnal nomi – 116
Avtoreferat - 360
NukusDPI
Axborot resurs markazining
5 ta
kitob berish bo`limi,
5 ta elektron
kutubxona va
6 ta o`quv zali mavjud.
Shundan:
bosh binoda
1 ta o`quv zali va
1ta elektron o`quv zali
10 ta komp`yuter, tarix fakul`teti
1 ta elektron
kutubxona
13ta komp`yuter
, fizika-matematika fakul`teti
1
ta elektron o`quv zali
10 ta komp`yuter
, pedagogika va psixologiya fakul`teti
1 ta elektron o`quv zali
10 ta komp`yuter va talabalar turar
joyida
1 ta o`quv zali
10ta
komp`ter bilan ta`minlangan.
Jami
axborot-resurs markazida 53 dona komp`yuter mavjud bo`lib o`quv zallaridagi
barcha komp`yuterlar Internet va «ZiyoNET» axborot tarmogiga ulangan. ARM
ma`lumotlari Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining rasmiy
ndpi.uzsaytida joylashgan.
Internet
va Ziyonet axborot tormog`idan institut
professor-o`qituvchilari va talabalar unumli foydalanmoqda. Talabalar o`qishdan
bo`sh vaqtida o`quv
zallaridan,
gazeta-jurnal zali va elektron o`quv zallaridan foydalanishadi.
Axborot-resurs markazi professor-o`qituvchilarga va talabalarga, NDPI
qoshidagi 1 va 2 sonli
akademiyalik
litsey o`quvchilariga, 11 sonli iqtidorli bolalar maktabi o`qituvchilari va
o`quvchilari, 6, 21, 4, fuqarolar yig`ini hududi aholisiga, 1 sonli
Respublika shifoxonasi, 8 sonli
poliklinika, Shoshilinch tibbiy yordam
markazi, «Kabel» aktsionerlik jamiyati, 10 sonli
avtokorxona va «Qoraqolpoqfil`m»
kinostudiyasi xodimlariga va 28, 40, 9 sonli maktab o`qituvchi va
o`quvchilariga xizmat ko`rsatadi.
ARM fondi 2008-yili 185 nomda 3065 dona 13.582.583 so`mlik, 2009-yili
59 nomda 5300 dona 29.567.571 so`mlik, 2010-yili 74 nomda 1332 dona 11.570.122
so`mlik, 2011-yili 22 nomda 737 dona 17.971.867 so`mlik yangi adabiyotlar bilan
boyitilib borilmoqda. 2011-yil uchun 116 nomdagi 10084142 so`mlik gazeta va
jurnallarga obuna bo`lindi.
ARMni ixtisoslashgan komp`yuter dasturlar bilan ta`minlash hamda
elektron-kataloglari va ma`lumatlar bazasini shakllantirish buyicha chora
tadbirlar ishlab chiqildi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 5 iyuldagi
«Elektron kutubxona to`g`risidagi Namunaviy nizomni hamda
axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida va kutubxonalarda to`liq
matnli elektron axborot –kutubxona resurslari fondini yaratish reja- jadvalini
tasdiqlash haqida»198-sonli kororining ijrosini ta`minlash maqsadida.
O`zbekiston Respublikasi Oliy
va o`rta
maxsus ta`lim vazirligining
8-iyul` 2011
yil № 284 sonli bo`yrigi va O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi
vazirligining
9 iyul` 2011 yil
№ 149 sonli buyruq
asosida Axborot resurs markazini elektron
dastur bilan ta`minlash maqsadida
KaDaTa dasturi xarid qilinib, Ushbu dastur bo`yicha adabiyotlar elektron
katalog tizimidan o`tkazilmoqda.
Fan dasturlarida ko`rsatilgan o`quv adabiyotlarining monitoringi
o`tkazilib, etishmaydigan va kam nusxadagi 142 nomdagi o`quv adabiyotlari 845
nusxada kupaytirilib o`quv zallariga qo`yildi, 305 nomdagi adabiyotlarning
elektron versiyalari SD diskiga yozildi va elektron versiyalari bilan
ta`minlash ishlari davom etmoqda. Axborot-resurs markazining kitob fondidagi
o`quv adabiyotlaridan 1-2-3-4-kurs talabalari uchun rejadagi o`tiladigan fanlar
bo`yicha o`quv adabiyotlarining tavsiya katalogi tuzilib fakul`tetlarga
tarqatildi. Yangi kelgan adabiyotlarga kutubxonachi tomonidan sharh berib
boriladi.
Institut professor-o`qituvchilari tomonidan yaratilgan ma`ruza
matnlari, darsliklar, o`quv qo`llanmalarining elektron versiyalari institutning
elektron kutubxonasida jamlangan.
Axborot-resurs markazi komp`yuter
va boshqa orgtexnika vositalari bilan ta`minlangan. Jami ARM da 53 dona
komp`yuter, 3 printer, 8 skaner, 1 rangli televizor, 1 DVD magnitofon, 1
proektor, 2 nusxa kuchirish apparati mavjud.
Axborot-resurs markazida kitob o`quvchilari foydalanishi uchun quyidagi
mavzuda kitob ko`rgazmalari tashkil qilingan
«O`zbekiston
Respublikasi prezidenti I.A.Karimovning asarlari»
2011-yil-«Kichik biznes va hususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish yili»
«14-yanvar`-Vatan
ximoyachilar kuni»
«So`z
mulkining sultani» 9-fevral` Alisher Navoiy tavalludi kuni
«Bobur-Olim,
shoh, shoir va mahoratli sarkarda»
«Navruz
mehr-muruvvat bayrami»
9-aprel`
Saxibqiron Buyuk Sarkarda Amir Timur (1336-1405) tavalludi kuni
«Tariyx-millet
ruo`xiyatinin
tiykari»
«Yoshlar
saloxiyati-kelejak muvaffahiyoti»
«O`zbekiston buyuk allomalar yurti»
«Tanishingiz
yangi adabiyotlar»
«Ona
tilim jonu dilim»
«Ana tilim- sen basqadan ayirmam»
«Konstituttsiya-
nurli
quyash bul»
«Bayrog`imiz-aylovimiz»
Prezident dokladlari
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT sammiti
mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisidagi
nutqi (20.09.2010)
2. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi (12.11.2010)