Allaniyoz O`teniyozov1936 yili1 iyunda Kegayli tumani Xalqabadshirkatlar
xo`jaligida “Do`stlik” bo`limidadehqon oilasida
tug`ildi. U 1956 yili Qoraqalpoq Davlat pedagogikainstituti xorij tillarifakul`tetiningingliz tili bo`limigao`qishga kiradi va uni 1962 yili muvaffaqiyatli
tugatadi. Talabalik yillari paxta terimida qatnashib,har yili 15-16 tonnadan ziyod paxta terishga erishadi.
1962-2002 yillari Nukus tumanidagi 4 sonli maktabda o`qituvchi bo`lib ishladi. Allaniyoz O`teniyozov
umrlik yo`ldoshi bilan birgalikda bir o`g`il,
ikki qizni
tarbiyalab
voyaga etkazdi. 1954 yildan o`zining yozgi mehnat
ta`tili
vaqtini hayr-ehson ishiga bag`ishlab, kam ta`minlangan, nogiron va etimlarga
uy qurib berish bilan shug`ullanadi. O`sha davrgacha 40 uy, 2ta maktab, 30 o`rinlik
2ta
bolalar boqchasi, 2 ta tibbiy xizmat
o`rni, 1 ta kutubxona imoratini o`z mehnati bilan xolisona bitirib, xalqqa inom
etdi. 2000 yili 15 gektar moydonga bog` yaratdi. Allaniyoz O`teniyozovning
mehnatlari
yuqori
bohalanib
“O`zbekiston xalq
o`qituvchisi”,
“Qoraqalpog`istonga mehnati singan o`qituvchisi”,
“O`zbekiston
selektsioneri” hurmatli unvonlari
berildi va
u “Mehnat
shuhrati” ordeni bilan
mukofatlandi. Allaniyoz O`teniyozov haqida
uchta
kinofil`m
yaratildi. Allaniyoz O`teniyozovning mehnatlari Ginnes “Rekordlar
kitobi”ga
yozildi.
Allaniyoz O`teniyozovga
2001 yili “O`zbekiston Qahromani” xurmatli unvoni berildi.
Tulepbergan
Qayipberganov
Tulepbergan Qaipberganov 1929 yili 7 mayda Kegayli tuman
“Sho`rtanboy” qishlog`ida tug`ilgan. 1947 yili
Xo`jayli pedagogika bilim yurtini, 1955 yili Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti
rus tili va adabiyoti fakul`tetini muvaffaqiyatli bitiradi.
So`ng
“Amudaryo” jurnalining
adabiy xodimi,
katta redaktori. Qoraqalpog`iston radiosi
mudiri muovini, Respublika gazetalarida bosh redaktor, Qoraqalpog`iston Respublikasi
matbuot qo`mitasi mudirining
muovini lavozimlarida
faoliyat olib boradi. 1980 yildan shu vaqtgacha Qoraqalpog`iston yozuvchilar uyushmasi
mudiri bo`lib
ishlayabti.
To`lepbergan
Qaipberganovning birinchi kitobi
1958 yorug` ko`rdi. Usha vaqtdan boshlab o`sha
kungacha uning 89 ta kitobi qoraqalpoq, o`zbek, rus
va boshqa tillarda bosmadan nashr etildi. Tulepbergan
Qaipberganovning
asarlari yuqori baholanib, O`zbekiston va Qoraqalpog`iston
xalq yozuvchisi faxriy unvoni berildi. U Qoraqalpog`iston
Respublikasi Berdaq nomidagi, O`zbekiston Respublikasi
Qashqariy va
M.Sholoxov nomidagi
xalqaro mukofotlarining
laureati. To`lepbergan
Qaipberganovga 2003 yili “O`zbekiston Qahramoni”
faxriy unvoni berildi.
Ibragim
Yusupov
Ibragim Yusupov 1929 yili 5 may
kuni Chimboy shirkat
xo`jaligi
“Ozod” qishlog`ida dunyoga keldi. Uning otasi
diniy arbob sifatida qatog`anga uchrab, qamoqda
vafot etadi. Onasi Xanbiybi ikki o`g`il, to`rt qizni beva holatida kamolga keltirgan.
Ibragim Yusupov
13 yoshidan mehnat qilish gardishiga tushadi.
1945-1949 yillari Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti talabasi,
1949-1962 yillari institutning adabiyot fani o`qituvchisi,
1961-1962 yillari
“Amudaryo” jurnali redaktori.
1962-1965 yillari Ilmiy
kotib, 1965-1980
yillari Qoraqalpog`iston yozuvchilar uyushmasi raisi, 1980-1988 yillari xozirgi
“erkin Qoraqalpaqstan”
gazetasining bosh
redaktori, 1988-1994 yillari Qoraqalpog`iston tinchlik qo`mitasining raisi,
1994-2000 yillari Qoraqalpog`iston
“Ma`rifiy
madaniyat va
ma`naviyat” ijtimoiy markazining raisi
vazifasida ishladi. Ibragim Yusupov O`zbekiston
va Qoraqolpog`iston
xalq
shoiri.
Uning asarlari bir qancha tillarda Chop eitlgan. Ibragim Yusupovga 2004 yili
“O`zbekiston Qaxramoni” hurmatli unvoni berildi.
Vera Borisovna Pak
Vera
Borisovna Pak Oliy Majlis deputati, Senat a`zosi.
Xivadagi №20-sonli mehribonlik uyining direktori.
Vera Borisovna Pakga 2006 yili «O`zbekiston Qahramoni» hurmatli unvoni berildi
G`ayratdinXujaniyozov
G`ayratdin Xo`janiyozov
1948 yili 12 dekabrda Qaro`zak tumanida tug`ildi.
1972 yili Qoraqalpoq davlat
pedagogika institutini
bitirib, O`zbekiston
Fanlar Akademiyasining
Qoraqalpog`iston
filiali, N.Davqoraev nomidagi
tarix, til va adabiyot institutining arxeologiya
sektorida
mehnat yo`lini boshladi. Lomonosov
nomidagi Moskva universitetida sobiq itiffoq
Fanlar
Akademiyasining
arxeologiya institutida
(1974-1977) tajribasini orttirdi. 1981-1984 yillari aspiranturada uqiydi va
1996 yili nomzodlik dissertatsiyasini himoya
qiladi. 2000
yildan buyon akademiyaning
arxeologiya
bo`limini boshqarib kelmoqda.
G`ayratdin Xo`janiyozov
130 ta ilmiy, 100 dan ko`p ilmiy-jamoatchilik ishlarning muallifi. Shu jumladan:
“Istoriya razvitiya fortifikatsii
antignogo
xorezma”
(SA,M, 1981, №2);
Kul`tova-pogrebal`nыe pamyatniki
Karakalpakov XVII-XIX vekov po materialam mogil`nika
Krantau. Rabochie dokumentыIeFAK, №13 (
Tashkent, 2005) nomli
maqola, “Daukesken-Vazir (Istochniki, topografiya
i xronologiya)” (Nukus, 1997); “The military architecture of
ancient
Chorasmia (6th century
BC-4th century AD)” (Parij, 2006); “Qadimgi Xorazm mudofa inshoatlari”
(
Toshkent,
2007) nomli monografiyalari, ilmiy asarlari bor.G`ayratdin Xujaniyozovning fanga
qo`shgan
mehnati yuqori baholandi. 2001 yili
“O`zbekiston
Mustaqilligining 10 yilligi”
estalik
nishoni,
2003 yili “Mehnat shuhrati”
ordeni bilan
mukofotlandi. G`ayratdin Xujaniyozovga
2008 yili
davlatimizning
eng
yuqori
“O`zbekiston Qahramoni” unvoni berildi.
Prezident dokladlari
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT sammiti
mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisidagi
nutqi (20.09.2010)
2. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi (12.11.2010)