NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI – O`zbekistonning shimoliy hududida gi eng qadimiy oliy
o`quv yurtlaridan bo`lib, u 1934 yili o`sha vaqtdagi poytaxt hisoblangan To`rtko`l
shahrida tashkil qilingan. Pedinstitut uzoq yillar davomida Qoraqalpog`iston
Respublikasi xalq ta`limi sahosi uchun kadrlar tayyorlab kelgan.
Qoraqalpog`iston Respublikasining deyarli barcha taniqli davlat arboblari,
jumladan, xalq xo`jaligi, madaniyat va fan arboblari turli yillarda
pedinstitutda tahsil olgan. Pedinstitutimizning aksariyat bitiruvchilari
O`zbekistonning turli viloyatlarida, shuningdek, Turkmaniston, Qozog`iston va
chet davlatlarda faoliyat yuritmoqda.
Institutimiz bitiruvchilari safida 6 nafar akademik va 5 nafar O'zbekiston Qahramonlaribor ekanligidan faxrlanamiz. 1976 yil Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti bazasida Nukus davlat
universiteti tashkil etilgan. 1991 yilda qayta tashkil etilgan Nukus davlat
pedagogika instituti esa O`zbekistonda pedagogik kadrlar tayyorlash va ta`lim
sifatini yuksaltirish borasida taraqqiy etayotgan yangi yondashuvning o`ziga xos
bir ko`rinishidir. 1992 yildan e`tiboran institut qoraqalpoq xalqi
e`zozlagan buyuk alloma - shoir Ajiniyoz nomi bilan atalib kelmoqda.
Institutning 9 ta fakul`tetida ko`p tarmoqli tizim
asosida 21 ta bakalavriat yo`nalishi va 8 ta magistratura mutaxassisligi
negizida oliy malakali pedagoglar tayyorlanmoqda. Institutda maxsus sirtqi
ta`lim bo`limi faoliyat yuritadi. Shuningdek, 6 ta mutaxassislik bo`yicha aspirantura mavjud. Institut olimlari xalq
tarixi va etnik tarkibi, arxeologiya va etnografiya, Orol
dengizi qurishi oqibatida hududning flora va faunasiga ta`siri, til va
adabiyot, qoraqalpoq xalqining yozma va og`zaki yodgorliklarini o`rganish
borasida chuqur ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Institutda yangi davr pedagoglarni tayyorlash
uchun barcha sharoitlar yaratilgan:
Institutda ta`lim sohasidagi samarali mehnati uchun
orden va medallar bilan taqdirlangan davlat granti sohiblari, fan va xalq
ta`lim fidoyilari, davlat mukofoti sovrindorlari, xalq ta`limi a`lochilari va
o`z ishining mohir ustalari faoliyat yuritmoqda;
- bugungi kun
talablariga javob beradigan moddiy-texnik baza: ilmiy va o`quv
laboratoriyalari, Internet sinflari, lingafon kabinetlari, mul`timedia
vositalari, axborot-resurs markazi, sport majmualari, talabalar oshxonasi va
yotoqxonalari;
- a`lochi
talabalar hamda ijtimoiy hayotda faol talabalar, shuningdek, harbiy qism
tavsiyasiga ko`ra o`qishga kirgan talaba va etimlar maxsus stipendiya va
yotoqxonadan joylar bilan ta`minlanib borilish barobarida o`qish to`lovlarida
ham imtiyozga egadirlar.
Institut talabalari
qoraqalpoq tili va adabiyoti, qozoq tili va adabiyoti bo`yicha Respublika fan
olimpiadasi g`oliblari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi,
Ulug`bek, Navoiy va Mendeleev nomidagi xalqaro stipendiyalari sohiblari,
Quvnoqlar va Zukkolar klubi superligasi sovrindorlari, voleybol bo`yicha
Universiada va boshqa turnirlar chempionlari, futbol bo`yicha Qoraqalpog`iston
Respublikasi chempioni kabi yuksak unvonlarga sazovor bo`lishmoqda. Voleybol
bo`yicha qizlar komandasi O`zbekiston Respublikasi oliy ligasida ishtiroq
etmoqda. Institutning «To`maris» havaskor talabalar ansambli Nukus va Toshkent
shaharlarida o`tkaziladigan «Navro`z» va «Mustaqillik bayrami» tantanalarida
doimiy ravishda ishtirok etib kelmoqdalar.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT sammiti
mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisidagi
nutqi (20.09.2010)
2. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi (12.11.2010)